ASERA kompaniyasi Xitoydagi DSK (Desenk Elevator) zavodiga tashrif buyurdi

ASERA jamoasining Xitoyga xizmat safari doirasidagi navbatdagi manzili — Chjezyan provinsiyasi, Xuchjou shahridagi DSK (Desenk Elevator Co., Ltd.) zavodi bo‘ldi. Ushbu tashrif kompaniyamizning O‘zbekiston bozoriga yuqori texnologik va ishonchli lift yechimlarini olib kirish strategiyasining muhim qismidir.

DSK (Desenk) — Nanxun tumanida joylashgan, to‘liq ishlab chiqarish sikliga (loyihalash, ishlab chiqarish, sotish va servis) ega bo‘lgan qo‘shma korxona (JV) hisoblanadi. Tashrif davomida mutaxassislarimiz zavodning ishlab chiqarish maydonchasida bo‘lib, turar-joy va tijorat ob’ektlari uchun texnik yechimlar, kabina dizayni va boshqaruv panellari variantlarini, shuningdek, Toshkentga logistika va mahalliy servis xizmatlarini ko‘rsatish shartlarini muhokama qildilar.

Texnik imkoniyatlar va mahsulotlar liniyasi: DSK brendi ostida quyidagi keng turdagi uskunalar ishlab chiqariladi:

  • Yo‘lovchi va panoramali liftlar;

  • Kottej (uy) liftlari (mashina xonali — MR va mashina xonasiz — MRL);

  • Shifoxona va yuk liftlari;

  • Eskalatorlar va avtomatik piyodalar yo‘laklari (moving walks).

Uskunalar 450 kg dan 2000 kg gacha yuk ko‘tarish quvvatiga va 1.0 dan 3.0 m/s gacha (ayrim modellar uchun undan ham yuqori) tezlikka ega. Eng muhimi, DSK kontrollerlari dunyoda keng tarqalgan Monarch va STEP tizimlari negizida ishlaydi. Bu esa tizimlarni integratsiya qilish va mavjud ob’ektlarni modernizatsiya qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi.

O‘zbekistondagi buyurtmachilar uchun afzalliklar: ASERA va DSK hamkorligi mahalliy mijozlarimiz uchun quyidagi imkoniyatlarni kafolatlaydi:

  • To‘g‘ri tanlov: Binoning arxitekturasi va shaxta o‘lchamlariga mos uskunani aniq tanlash;

  • Loyiha standartlariga muvofiqlik: Uskunalarning mahalliy qurilish va xavfsizlik me’yorlariga to‘liq mos kelishi;

  • Majmuaviy xizmat: Loyihalash, yetkazib berish, montaj va ishga tushirish (puskonaladka) jarayonlarini to‘liq o‘z bo‘ynimizga olamiz;

  • Mahalliy servis: Toshkentdagi ASERA jamoasi tomonidan doimiy texnik yordam, dispetcherlik tizimiga ulash va elektronika/kontrollerlarni modernizatsiya qilish xizmatlari.