ASERA kompaniyasi lift boshqaruv tizimlari va privodlar (yuritmalar) sohasida dunyoda yetakchi o‘rinlarda turuvchi STEP kompaniyasining ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida biz lift kontrollerlari va privodlari yig‘iladigan hamda sinovdan o‘tkaziladigan «aqlli» fabrika va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdik.
Texnik tayyorgarlik va tajriba almashinuvi Tashrif doirasida mutaxassislarimiz maxsus texnik o‘quv kurslaridan o‘tdilar. Mashg‘ulotlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
-
Integratsiyalashgan kontrollerlar (all-in-one): Tizim arxitekturasi va ularni o‘rnatish;
-
Tezkor ishga tushirish (Puskonaladka): Uskunalarni sozlash va diagnostika qilish;
-
Modernizatsiya metodikasi: Eskirgan kontroller va invertorlarni liftning mexanik qismini saqlab qolgan holda zamonaviy STEP tizimlariga almashtirish.
Amaliy mashg‘ulotlarda eski tizimlarni STEP AS380 modeliga almashtirish va har bir obektning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib parametrlarni sozlash bo‘yicha real keyslar ko‘rib chiqildi.
Nima uchun modernizatsiya uchun aynan STEP tanlanadi? STEP kompaniyasining integratsiyalashgan kontrollerlari boshqaruv shkafi hajmini kichiklashtiradi, sozlash vaqtini qisqartiradi va tizim ishonchliligini oshiradi. Ushbu yechimlar liftning mayin harakatlanishini, to‘xtash aniqligini va xavfsizlik darajasini yuqori darajaga ko‘taradi — bu amaldagi obektlarda «elektronika»ni yangilashda eng muhim omillardir.
Zavodda biz ishlab chiqarishning to‘liq zanjirini: SMT-liniyalar, invertorlar (0.4–55 kVt) yig‘iladigan avtomatlashtirilgan uchastkalar va funksional sinov stendlarini ko‘rdik. Bu esa barqaror sifat va yetkazib berish muddatlarining aniqligini kafolatlaydi.
Hududdagi rasmiy maqom Tashrif yakunlari va imzolangan kelishuvlarga ko‘ra, ASERA kompaniyasi STEP ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili hisoblanadi. Biz quyidagi xizmatlarni o‘z zimmamizga olamiz:
-
Audit va yechimlarni tanlash;
-
Yetkazib berish, montaj va ishga tushirish;
-
Toshkent va viloyatlarda reglamentli servis va modernizatsiya ishlarini qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekistondagi buyurtmachilarga nimalarni taklif etamiz?
-
«Tayyor holda» modernizatsiya: Kontroller va invertorni minimal vaqt ichida STEP integratsiyalashgan jamlanmasiga almashtirish (masalan, eski tizimlarni STEP AS380 ga muvaffaqiyatli almashtirish tajribasi).
-
Tezkor diagnostika: Yagona sozlash muhiti va ichki nazorat funksiyalari tufayli uskunalarni tezda ishga tushirish va nosozliklarni aniqlash.
-
Kafolatlangan sifat: Avtomatlashtirilgan liniyalar, sinov stendlari va «aqlli» yig‘ish texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan uskunalar.