ASERA XIZI Elevator (XIZI UHC guruhi, Xanchjou, XXR) kompaniyasining hamkoriga aylandi

ASERA kompaniyasi lift sanoatining yetakchilaridan biri bo‘lgan XIZI Elevator kompaniyasi bilan rasmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Zavodga tashrif davomida biz texnik konsultatsiyalar o‘tkazdik, uskunalarni mahalliy me’yorlarga moslashtirish masalalarini muhokama qildik va O‘zbekiston bo‘ylab (Toshkent va viloyatlarda) loyihalash, logistika, montaj, ishga tushirish hamda servis xizmatini o‘z ichiga olgan «tayyor holda» (turn-key) yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdik.

Xanchjou shahri, Lin’an tumanidagi ishlab chiqarish parkida biz mahsulot yaratishning to‘liq siklini — ilmiy-tadqiqot (R&D) ishlaridan tortib, ishlab chiqarish, o‘rnatish va sotuvdan keyingi servis xizmatigacha bo‘lgan jarayonlarni ko‘zdan kechirdik.

Texnologik salohiyat va xavfsizlik: XIZI texnologik bazasi 208 metrli ulkan sinov minorasini va «Lift mahsulotlarini sinash milliy markazi (Chjezyan)»ni o‘z ichiga oladi. Bu yuqori tezlikdagi liftlarni amalda sinab ko‘rish va butlovchi qismlarning xavfsizligini milliy hamda xalqaro standartlar asosida tasdiqlash imkonini beradi.

Asosiy komponentlarning (tortish mashinalari, boshqaruv tizimlari, eshik yuritmalari, tutqichlar, tezlik cheklagichlar, buferlar) kompaniyaning o‘z zavodlarida ishlab chiqarilishi va sinovdan o‘tkazilishi yetkazib berish muddatlarini qisqartiradi va mahsulot sifatining barqarorligini oshiradi.

Mahsulotlar liniyasi: Bizning portfelimizda XIZI brendining quyidagi mahsulotlari mavjud:

  • Yo‘lovchi va panoramali liftlar;

  • Uy (kottej) va shifoxona liftlari;

  • Yuk liftlari, eskalatorlar va travolatorlar.

Barcha uskunalar kabina dizayni, boshqaruv panellari va tizimlari bo‘yicha ob’ekt arxitekturasi hamda buyurtmachi talablariga mos ravishda kastomizatsiya qilinishi (shaxsiylashtirilishi) mumkin.

O‘zbekistondagi loyihalar uchun takliflarimiz:

  • Uskunalarni shaxta o‘lchamlari va ob’ektning elektr tizimiga moslashtirish;

  • Amaldagi dispetcherlik tizimlari (shu jumladan LKDS) bilan integratsiya qilish;

  • ASERA mutaxassislari tomonidan ishga tushirish (puskonaladka) va mahalliy reglamentli servis xizmatini ko‘rsatish.